"Al Nassr" sobiq murabbiyi Jezush Portugaliya terma jamoasini kamida 4 yil boshqaradi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 23:47
Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush bo'ladi.

Krishtianu Ronaldu to'p suradigan "Al Nassr"ning sobiq murabbiyi milliy jamoani boshqarishga rozilik berdi, deb xabar qildi insayder Fabricio Romano. Avvalroq Roberto Martines Portugaliya bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.

Jezush Portugaliya terma jamoasini Evro-2028 va 2030 yilda bo'lib o'tadigan navbatdagi jahon chempionatida boshqarishi kutilmoqda.

2025/26-yilgi mavsum yakunlangach, Jezush Saudiya Arabistoni chempionatida g'olib chiqqan "Al Nassr" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano