"Siti" "Chelsi" sardori bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi. O'yinchi Mareskaga kerak - Sky Sports

23 may 2026, 11:15
"Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes - yozda "Manchester Siti"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Manchester klubi bosh murabbiyligiga yaqyn turgan Enco Mareskaga 25 yoshli Fernandes "juda zarur". Bu haqda Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, tomonlar dastlabki muzokaralarni o'tkazib bo'lishgan. Mareska va Fernandes o'rtasida italiyalik mutaxassisning "Chelsi"dagi faoliyati davrida (2024-2026 yillar) yaqin va ishonchli munosabatlar shakllangan.

Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta natijali uzatmani amalga oshirdi. "Chelsi" sardorining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati € 90 mlnga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports