

Bu haqda Saudiya Arabistoni chempionatining X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti xabar bermoqda.
Joriy mavsumda Feliks chempionat doirasida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish joizki, uning jamoadoshi Krishtianu Ronaldu 30 ta uchrashuvda "gol+pas" tizimida 28+2 ochko jamg'argan edi.
Saudiya Arabistoni chempionati yakunlariga ko'ra, "Al Nacsr" 86 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindan 84 ochko jamg'argan "Al Xilol" joy oldi. Kuchli uchlikni 81 ochko bilan "Al Ahli" yakunlab berdi.



