"Chelsi" himoyachisi "Atletiko"ning ustuvor maqsadiga aylandi

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 14:44
"Atletiko" "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bu haqda "Marca" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi "Atletiko"ning yozdagi ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi, garchi klub bu kelishuv qiyin bo'lishini tan olsa ham.

Kukurelya "Chelsi"da 2022 yilning avgustidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 49 o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq "Brayton", "Xetafe", "Barselona" va "Eybar" jamoalarida o'ynagan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca