

“Avvalambor stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Shu o'rinda ularni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, rejalarimiz amalga oshdi, lekin vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklar ko'zga tashlandi. O'zbekiston kubogida ham yaxshi natijalarni qayd etishni maqsad qilgandik. “Buxoro”ga qarshi bahsda ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- “Guliston” jamoasi O'zbekiston kubogida qanday maqsadlar bilan ishtirok etmoqda?
- Xabaringiz bor, jamoamiz yangitdan tashkil etildi. Bu orqali viloyatimizga katta futbol havosini olib kirish edi. O'zbekiston kubogida Superliga va Proliga jamoalariga qarshi o'ynash va tajriba to'plash vazifasini o'z oldimizga qo'ygandik. Bunday darajadagi bahslar orqali tarkibimizdagi ko'p yigitlarning tajribasini oshirishimizga yordam bo'lardi. Shu orqali keyingi yilga jamoani Proliga saviyasiga tayyorlab borish vazifasi qo'yilgan.
- Jamoaning hujum chizig'ida muammolari borligi ko'zga tashlanmoqda?
- Birinchi ligada ko'p jamoalar himoyaga katta e'tibor qaratmoqda. Natijada hujum chizig'ida bo'sh zonalar kamayib boryapti. BuxDU ham 5 nafar himoyachi bilan harakat qildi. Bunday holatda tabiiyki, gol urish ham qiyinlashmoqda. Ammo bu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.
- Yozgi transfer vaqtida jamoaga yangi o'yinchilar taklif qilinadimi?
- Ha. Hozirda bu borada selekciya ishlari davom etmoqda. Vaqti kelib barchasini ma'lum qilamiz.
- Muhammad Isaevning bir nechta o'yinlardan beri asosiy tarkibda ko'rinmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?
- Isaevda kichik jarohat bor edi. Shu sababli Muhammad bo'yicha tavakkal qilishni istamadik.
- “Buxoro”ga qarshi bahsda jamoa qanday maqsad bilan maydonga chiqadi?
- Xudo xohlasa g'alaba uchun harakat qilamiz. Futbolchilar bilan raqib jamoa ishtirokidagi o'yinni ko'rib chiqamiz va o'zimiz uchun kerakli xulosalarga ega bo'lamiz”, - dedi Ergashev.



