

Ushbu ma'lumotni jurnalist David Ornshteyn o'zining X ijtimoiy tarmog'ida tasdiqladi. Gvardiola mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etadi, klub esa hozircha vaziyatni sharhlamayapti.
Avvalroq Gvardiolaning rasmiy ravishda ketishi 24 may kuni APL 38-turida "Aston Villa"ga qarshi o'yindan keyin e'lon qilinishi aytilgan edi.
Mareskaning so'nggi ish joyi "Chelsi" bo'lib, u 2024 yil iyulidan 2026 yil yanvarigacha jamoani boshqargan. Uning rahbarligida londonliklar Liga konferenciyasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutishgan.



