

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaning takidlashicha, avvalroq futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirgan edi, biroq kataloniyaliklarni o'yinchining € 70 mlnlik narxi to'xtatib qolgan. O'z navbatida, "qaymoqranglilar" ushbu summani to'lashga qodir.
Joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati € 70 mlnni tashkil etadi. Uning Milan klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, Bastoni "neradzurri" tarkibida - Italiya chempioni bo'ldi va mamlakat Kubogini qo'ldan kiritdi.



