Gvardiola Ronalduning ustoziga aylanishi mumkin?

23 may 2026, 09:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Xosep Mariya Orobitg avvalroq ispaniyalik murabbiyga "Al Nassr" va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) tomonidan qiziqish bo'lganini tasdiqladi.

22 may kuni "shaharliklar" Gvardiola mavsum yakunida klubni tark etishini rasman e'lon qilishdi.

"Aloqalar bir yarim oy oldin bo'lgan edi, shunchaki oddiy muloqot, hech qanday majburiyatlarsiz yoki yozma takliflarsiz. U qadar katta pullar taklif qilinmagandi.

Taxminan 15 kun oldin Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bilan ham aloqa bo'ldi, ammo hozircha keyingi muloqotlar to'xtatiladi. Ayni paytda federatsiyalarning hech birida Gvardiola bilan shartnoma imzolash uchun katta imkoniyat yo'q", - Robitgning so'zlarini keltiradi Goal nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal