APL grandlari gretsiyalik hujumchiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 13:27
"Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" "Bryugge" hujumchisi Xristos Colisni sotib olish niyatida.

Bu haqda "TEAMtalk" ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Angliya Premer-ligasi jamoalari so'nggi oylarda 24 yoshli gretsiyalik futbolchiga qiziqmoqda. Ular hujumchini kuzatish uchun o'z vakillarini yuborgan.

2.jpg

Colis 2024 yilning iyulidan beri "Bryugge" safida o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Bitim 2025 yil iyul oyida uzaytirilgandi.

Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum 50 o'yinda 20 ta gol urdi va 27 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk