

"Ko'k-anorranglilar" Garri Keyn ("Bavariya"), Xulian Alvares ("Atletiko" Madrid) yoki Joao Pedro ("Chelsi") kabi forvardlarni sotib olish variantini istisno qilmayapti. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Barselona" faqatgina nomlari tilga olingan uch nomzoddan birortasini ham sotib olish imkoni uzil-kesil qolmagandagina o'z talablarini pasaytiradi. Shu bilan birga, Keynning "Bavariya"dagi muvaffaqiyatli mavsumi hisobga olinib, kataloniyaliklarning asosiy umidi Alvares va Pedro bilan bog'liqligi takidlanmoqda. Biroq "ko'k-anorranglilar" "Atletiko" va "Chelsi" o'z futbolchilarini sotishni xohlashiga shubha qilmoqdalar.
"Barselona" Alvares va Pedro bo'yicha so'rov yubordi. Agar "Atletiko" transferga tayyor bo'lsa, klub argentinalik uchun € 100 mln to'lashga tayyor. Shuningdek, Alvaresning Madrid jamoasidan ketish uchun qanchalik harakat qilishi ham bu transferga o'z ta’sirini o'tkazadi.



