"Arsenal" va "Yuventus" "Man Siti" yarim himoyachisi uchun kurashishi mumkin

23 may 2026, 10:50
"Arsenal" va "Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Teyani Reyndersga qiziqish bildirmoqda.

"Aston Villa" va "Nyukasl Yunayted" ham 27 yoshli futbolchining harakatlarini kuzatib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, agar "shaharliklar"ga £ 45 mln (€ 52,2 mln) miqdorida taklif tushsa, ular niderlandiyalik o'yinchini sotib yuborishlari mumkin. "Manchester Siti" Reynders jamoani tark etgan taqdirda, "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda Reynders barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Reyndersning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati € 60 mlnni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk