"Bu juda murakkab sharoitdagi o'yin bo'ldi". Mareska - "Man Siti"ning "Liverpul" ustidan qozongan g'alabasi haqida

Aslanov Jasurbek
12 okt 2026, 00:22
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska Angliya Premer-ligasining 6-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdagi g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

Bahs Liverpuldagi "Enfild" stadionida kechib, bosh hakam sifatida Kris Kavana faoliyat olib bordi. Eslatib o'tamiz, avvalroq "shaharliklar" liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi.

- Bu juda murakkab sharoitda kechgan o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda bizga qiyinchilik tug'ildi, to'pga egalik qildik, ammo samaradorlik yetishmadi. Ikkinchi bo'lim oldidan bazi o'zgarishlarni amalga oshirdik va o'yinimiz ancha yaxshilandi. Hujumning dastlabki fazasida xatolarga yo'l qo'ydik, lekin tanafsusdan so'ng o'yinimizni kuchaytirdik.

Maydondan tashqaridagi holatlar jamoaga ta’sir qilishi mumkinmi? Ehtimol ha, balki yo'qdir. Bilmayman. Bu holat jamoani muxlislar bilan yanada jipslashtirishi mumkin. Hafta oralig'ida aynan shu haqda aytgandim: o'z ehtirosingizni ko'rsating va stadionni junbushga keltiring - shunda, umid qilamanki, g'alabani nishonlaymiz. Biz bor e'tiborimizni faqat shunga qaratganmiz, - deydi Mareskaning so'zlarini BBC Sky Sports manbasiga tayanib.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC