

"Menimcha, bu yerda xulosa aniq. Aslida 2 xil o'yin o'tkazdik: biri - chetlatishgacha, ikkinchisi - qizil kartochkadan to yakuniy hushtakkacha. O'ylashimcha, qizil kartochka ko'rsatilgunga qadar bo'lgan dastlabki 62 daqiqada yaxshiroq o'ynadik. Chetlatishdan keyin esa ular ochiqchasiga kuchliroq bo'lishdi va o'z gollarini urishdi.
Biroq, menimcha, bugun futbolchilar maqtovga loyiq, chunki borlarini berishdi. Muxlislar ham ajoyib edi - o'yindan oldin ham, uchrashuv davomida ham, undan keyin ham qo'llab-quvvatlashdi. O'sha vaziyatgacha bo'lgan muhit va his-tuyg'ular...
Ehtimol, vaziyatlar yaratib, ijobiy harakat qilgan damlarimiz eng yaxshi davrimiz bo'lgandir. Albatta, 0:3 hisobida yutqazganda bu ko'p narsani anglatmaydi, ammo bu muhim edi deb hisoblayman", – dedi Iraola.



