"Manchester Siti" egalari klubni sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2026, 18:12
Abu-Dabidan kelgan "Manchester Siti" egalari klub ustidan nazoratni saqlab qolmaslik masalasini o'ylab ko'rishlari mumkin - bu haqda The Financial Times xabar bermoqda.

Bu moliyaviy qoidabuzarliklar ishi bo'yicha chiqarilgan qarorga munosabat bilan muhokama qilinmoqda.

Dastlab "shaharliklar"ning mulkdorlari APL mustaqil komissiyasining qaroriga qaramay, jamoa ustidan nazoratni saqlab qolishni niyat qilishgan edi. Biroq, klubga yaqin manbaning ma'lum qilishicha, muxlislarning munosabati taxmin qilinganidan ko'ra ko'proq ziddiyatli bo'lib chiqdi.

Manbaning xabar berishicha, "Man Siti" atrofidagi vaziyat sababli BAA Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga mablag' kiritishda davom etishi yoki etmasligi noaniq bo'lib qolmoqda. APL klublaridan birining rahbarlaridan biri Britaniya uchun BAA kabi muhim hamkorlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish muhimligini ta'kidladi.

Shu bilan birga, Britaniya rasmiylari sezilarli oqibatlarni kutishmayapti. Amandrdorlardan birining so'zlariga ko'ra, "Siti" mulkdorlari mahalliy siyosiy tizimning o'ziga xosliklarini yaxshi tushunadigan tajribali investorlardir.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Financial Times