Runi Ronalduning O'zbekiston darvozasiga kiritgan dubli haqida: "Uni tanqid qilishdi va u javob qaytardi"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2026, 17:56
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ueyn Runi JCH-2026 da Krishtianu Ronalduning O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga kiritgan dubli haqida o'z fikrini bildirdi.

Guruh bosqichining 2-turida Portugaliya terma jamoasi 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ronaldu birinchi bo'limda ikkita gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

"Ushbu turnirda gol urayotgan boshqa top-o'yinchilar fonida 41 yoshda jahon chempionatida dubl qayd etish – bu aqlbovar qilmas natija. Uni tanqid qilishdi va u mana shunday javob qaytardi. U buni butun faoliyati davomida qilib kelgan.

U o'z ishida eng yaxshisi bo'lishni istaydi va u hamisha shunday bo'lib kelgan. Boshqa hujumchilar gol urganida, u to'purarlar ro'yxatini boshqarishni istaydi. Bunday reakciya – aynan undan kutish mumkin bo'lgan holat. U egoist, chunki eng yaxshisi bo'lishni istaydi, ammo shu bilan birga u jamoaviy o'yinchi.

Agar Messi va Ronalduga nazar tashlasangiz, ular o'z yoshlari uchun shunchaki aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirishmoqda", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif