Runi Angliyaning musobaqadan chiqib ketgani haqida: "Gol urganimizdan keyin maydonda nima qilishni bilmay qoldik"

16 iyul 2026, 10:40
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi afsonasi Ueyn Runi inglizlarning JCH-2026dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.

Jahon chempionati yarim finalida Angliya hisobda oldinda borayotganiga qaramay, Argentinaga imkoniyatni boy berdi (1:2).

"Biz juda qulay vaziyatda edik, biroq keyin maydonda nima qilishni bilmay qoldik. Juda chuqur himoyalanib, ularga oldinga o'tishga yo'l qo'yib berdik. Ular ketma-ket vaziyatlar yarata boshlashdi va yakunda biz bu bosimga bardosh bera olmadik. Juda hafsalam pir bo'ldi", - deya Runining so'zlarini keltiradi "BBC Sport".

Endi Angliya 3-o'rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC