

Chempionlar Ligasi 2-turida "Atletiko"dan uchratilgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng mankunianliklar himoyachisi shunday degan edi: MYU ketma-ket murabbiylarni almashtiravermasligi kerak - Kerrik qo'lidan kelgan hamma narsani qilmoqda. Men katta sarmoyalar va texnik direktordan ko'proq narsa kutyapman".
- Bu hech kimga foyda keltirmaydi, ammo endi yaqin bir necha kun ichida hamma aynan shuni muhokama qiladi. Har qanday muxlislar odatda klub rahbariyatini yoqtirishmaydi, shu sababli "Yunayted" fanatlari bu bayonotni xursandchilik bilan qabul qilishadi va juda to'g'ri qadam deb hisoblashadi. Men esa aynan hozir bunday gaplar bilan chiqish qilishni shunchaki dahshat deb bilaman.
Shuningdek, u o'tgan mavsum ular uchun ajoyib kechganini aytganda - bu unchalik to'g'ri emas. O'tgan mavsumda murabbiy bo'shatildi. Ular kubok musobaqalaridan erta chiqib ketishgani va evrokuboklarda o'ynashmagani uchungina uchinchi o'rinni egallashdi.
Ular "Liverpul" va "Chelsi" ham juda yomon o'yin ko'rsatgani sababli uchinchi bo'lib marraga yetib kelishgan edi. Aynan mana shu mavsumda esa biz haqiqiy "Manchester Yunayted"ni ko'ryapmiz, - dedi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi.



