Mareska "Man Siti" ishi haqida: "Vaziyatning jiddiyligini tushunamiz, ammo unga ta’sir ko'rsata olmaymiz"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2026, 13:41
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska jamoa tashqi shov-shuvlarga chalg'imasligi kerakligini yana bir bor ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, APLning mustaqil komissiyasi klubni 2009–2018 yillar oralig'ida moliyaviy qoidalarni 114 marta buzganlikda aybdor deb topgan edi. "Shaharliklar" bu qaror bilan kelishmasdan, apellyaciya shikoyatini kiritishgan.

Bugun "Man Siti" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi.

- Men ko'p marta aytganman, batamom xotirjam va vazminman. Ishontirib aytamanki, meni o'yin rejasi va kundalik mashg'ulotlar juda ko'p o'ylantiradi, ammo nazorat qila olmaydigan narsalarim uchun xavotir olmayman. Futbolchilarga etkazadigan xabarimiz avvalgidek bo'ladi - biz vaziyatning jiddiyligini anglaymiz, lekin shu bilan birga bu biz ta’sir ko'rsata oladigan holat emas. Qayerdaki biror narsa qila olsak, bu faqat maydondagi ishlardir, shuning uchun e'tiborimni aynan shunga qaratishni afzal bilaman.

"Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin ham aytgandim, jamoa atrofida shov-shuv juda ko'p, lekin biz buni engib o'tib, g'alabalarimiz atrofida shov-shuv ko'tarishimiz kerak, - dedi Mareska.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC