"Ochig'ini aytaman". Martines CHLda "Atletiko"dan uchratilgan mag'lubiyatdan so'ng MYU rahbariyatini tanqid qildi

14 okt 2026, 10:40
"Manchester Yunayted"ning argentinalik himoyachisi Lisandro Martines UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o'rin olgan Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan (0:2) so'ng klub rahbariyatini tanqid ostiga oldi.

"Juda yomon, shunchaki dahshat. Men o'zimni tutib turishimga to'g'ri kelmoqda, ammo bazida bularning bari - klubning qanday holatda ekanining aniq aksidir. O'tgan mavsumda biz ajoyib o'yin ko'rsatdik va endi raqobatlashish uchun rahbariyatdan ko'proq narsa, ko'proq futbolchilar kutmoqdamiz. Men katta investiciyalar kutyapman. Texnik direktorimizdan ko'prog'ini kutmoqdaman. Ochig'ini aytaman: biz, futbolchilar, ko'proq harakat qilishimiz kerak, ammo bunday oqshomlarga tayyor bo'lish uchun kuchli tarkibga ham ega bo'lish lozim.

O'tgan mavsumda biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, ajoyib jamoa tuzish uchun poydevor qo'ydik. Bu erga kelib, jamoamning ajoyib natijaga erishishga intilayotganini ko'rmasligim alam qiladi va hafsalamni pir qiladi. Muammo murabbiyda deb o'ylamayman. U qo'lidan kelgan hamma narsani qilmoqda. Har bir mavsum bir-biridan farq qiladi. O'tgan mavsumda erishgan narsalaringizda to'xtab qolish mumkin emas. Raqiblar qanday o'ynashingizni, har bir detalni allaqachon bilishadi - agar hech narsani o'zgartirmasangiz, keyingi mavsumda katta muammo yuzaga keladi. Murabbiyni to'xtovsiz o'zgartiraverish mumkin emas. Bugun gap murabbiyda, futbolchilarda deyish oson, ammo boshqa sohalarga ham qarash kerak", - deydi Martinesning so'zlarini BBC nashri.

Chempionlar ligasining dastlabki ikkita o'yinida "Manchester Yunayted" uch ochko to'pladi. Angliya chempionati turnir jadvalida klub ortida qolgan ortida qolgan olti turdan so'ng 6 ochko jamg'arib, 13-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC