Mourinyu: "Real" ahvol yomon? Men farishtadek uxlayapman"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2026, 13:09
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida polshalik jurnalistga hazil bilan javob qaytardi.

Jurnalist: Men Polshadanman, Ispaniyadan ancha olisdaman, ammo eshitayotgan xabarlarimga qaraganda, hozirda Madridning "Real" klubi ancha murakkab ahvolda, hamma narsa juda chigal.

Joze Mourinyu: Siz Polshadansiz, u juda olisda, ma'lumotlar sizga buzib etkaziladi (kuladi).

Jurnalist: Hozirda "Real"da omon qolish rejimini yoqqandaysiz, go'yoki “asal oyi” tugaganday tuyulmoqda.

Joze Mourinyu: Asal oyi?

Jurnalist: Men demoqchimanki, asal oyi bu…

Joze Mourinyu: "Asal oyi" iborasi nimani anglatishini bilaman, ammo siz aynan nimani nazarda tutyapsiz?

Jurnalist: Endi hamma sizdan faqat g'alaba kutmoqda.

Joze Mourinyu: Asal oyi degani shumi (kuladi)?

Jurnalist: Siz qanday fikrdasiz?

Joze Mourinyu: Bu bilan nima demoqchisiz?

Jurnalist: Mayli, savolimni soddaroq beraman: o'yin oldidan o'zingizni qanday his qilyapsiz?

Joze Mourinyu: Har doimgidek, ajoyib. Farishtadek orom olib uxlayapman, - deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Madrid Zone