Ueyn Runi: "Endi Messini Ronalduning ashaddiy muxlislari ham hurmat qilishlari kerak"

19 iyul 2026, 20:57
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Lionel Messining faoliyatiga yuqori baho berib, Argentina JCH–2026da g'olib chiqsa, barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi haqidagi bahslarga chek qo'yilishini ta'kidladi.

Bugun 39 yoshli Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi mundial finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

"Agar Argentina Jahon chempionatida g'alaba qozonsa, Messi barcha savollarga javob beradi, shunday emasmi? U barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi ekanini isbotlaydi.

Menimcha, hatto Krishtianu Ronaldu muxlislari ham buni hurmat qilishi kerak.

Men har doim ikkalasidan istalgan birini tanlash mumkinligini aytganman. Ammo Messining so'nggi ikki Jahon chempionatida ko'rsatgan o'yiniga qarang. Ayniqsa, 39 yoshida ham shunday darajada futbol o'ynayotgani barcha bahslarga nuqta qo'yadi", - dedi Runi.

Eslatib o'tamiz, Ueyn Runi va Krishtianu Ronaldu bir vaqtlar "Manchester Yunayted" safida elkama-elka to'p surib, klub bilan birgalikda Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Lionel Messi esa faoliyati davomida sakkiz marta "Oltin to'p" sohibi bo'lib, Argentina bilan 2022 yilgi Jahon chempionati, ikki marta Amerika kubogi va "Finalissima"da zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport