

Assalomu alaykum hammaga. Bugun biz uchun juda muhim o'yin edi. Xudoga shukr, biz bugun maqsad qilgan natijamizga erishdik. Birinchi o'yindagi mag'lubiyatimizdan so'ng bugun biz g'alaba qozonishimiz lozim edi va jamoam bunga erishganidan xursandman.
O'yin biroz qiyin kechdi. Chunki raqib uchrashuvda tajovuzkor o'yin ko'rsatdi, bu bizga biroz qiyinchilik tug'dirdi. Biroq biz bu o'yinga tayyor edik, raqibni tahlil qilgan edik.
Gol urmadim? Gol urish men uchun ham muhim, lekin eng muhimi - jamoaning g'alaba qozonishidir. Men gol ursamu, jamoa yutqazsa - bu menga yoqmaydi. Men gol urmasam ham, jamoamiz g'alaba qozonsa, bu men uchun juda yaxshi.



