

Omar Xribin "Al-Zafra"ga qarshi o'yinda olgan engil jarohati sababli jamoa delegaciyasi bilan O'zbekistonga uchib kelmadi. Bosh murabbiy, braziliyalik Perikles Shamuska oldindagi tig'iz o'yinlar jadvalini inobatga olib, uni tavakkal qilib maydonga tushirmaslikni maqul ko'rdi. Futbolchi milliy chempionatning navbatdagi turida "Xorfakkan"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Himoyachi Alovuddin Zuhayr esa Fors ko'rfazi kubogi musobaqasida terma jamoa safida ishtirok etib qaytganidan so'ng mushaklarida og'riq his qilgani sababli safdan chiqqan. Uning jarohati darajasini aniqlash va mashg'ulotlarga qachon qaytishini belgilash uchun tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Xribin va Zuhayr "Al-Vahda"ning jarohat olgan boshqa futbolchilari - darvozabon Zayd al-Hammadiy va Rene Rivaslar safiga qo'shildi. Shu bilan birga, sloveniyalik yarim himoyachi Adam Cherin xalqaro tanaffusdan so'ng o'z terma jamoasidan qaytib, jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilgan.



