Sisse Din va Runining 2012 yilgi Siti - KPR o'yinidagi kelishilgan o'yin haqidagi shamalariga keskin javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2026, 21:25
Kuinz Park Reyndjers sobiq hujumchisi Jibril Sisse 2012 yilgi Manchester Sitiga qarshi mashhur o'yinda jamoa ataylab yon bergani va o'zi Sitining chempionligini nishonlagani haqidagi ayblovlarni rad etdi.

2012 yilgi APLning so'nggi turida Manchester Siti KPRni 3:2 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor APL chempioni bo'lgan edi. Tarmoqlarda sobiq hakam Mayk Din va Manchester Yunayted sobiq hujumchisi Ueyn Runining ushbu o'yin haqidagi fikrlari qayta tarqaldi. Din KPR futbolchilari ligada qolganini bilishgach, to'pni osonlikcha raqibga berib yuborishganini aytgan. Runi esa Sisse o'yindan so'ng Siti futbolchilari bilan bayram qilganini eslatgan.

Jibril Sissening munosabati:

Men bunday safsatalarga chidab turmayman. Keling, ochiqchasiga uchrashib, buni muhokama qilaylik. Bunday bemaniliklarga boshqa chidamayman.

Ular [Manchester Yunayted] mavsum davomida 5 ta o'yinda mag'lub bo'lib, chempionlikni so'nggi turgacha olib kelishganida biz aybdormizmi???

Men Samir Nasri bilan bayram qilganman, Aguero yoki Balotelli bilan emas. Nasri - mening 15 yillik qadrdonim. Men do'stim uchun va o'z jamoam APLda qolgani uchun xursand edim. Sitining chempionligi menga qiziq emasdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/DjibrilCisse/