

Bu xarid uchun Kataloniya klubi anchagina xarajat qilishiga to'g'ri keldi va gap faqat "shaharliklar"ga to'lanishi kerak bo'lgan summadagina emas.
Gap Rodri Kataloniya poytaxtida oladigan maosh haqida ham ketmoqda. "Capology" portalining xabariga ko'ra, "Oltin to'p" sohibi "Barselona"da yiliga sof 27 million evro miqdorida maosh oladi va bu ko'rsatkich bo'yicha jamoada yaqqol yetakchiga aylanadi.
Ikkinchi o'rindagi Lamin Yamal 21 million evrodan sal kamroq, uchinchi pog'onadagi Rafinya esa 16,7 million evro ishlab topadi.
Ma'lum bo'lishicha, Rodrining shartnomasida yillik bonuslar miqdori atigi 4 million evrodan biroz ko'proqni tashkil qiladi, Yamalda esa bu raqam 10,4 million evroga teng. Agar asosiy maosh va bonuslar qo'shib hisoblansa, umumiy summa 31 million evrodan salgina kamroqni tashkil etadi va bu ko'rsatkich bo'yicha Rodri hamda Yamal bir xil natijaga ega.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" transferning o'zi uchun "Manchester Siti"ga 60 million evro atrofida pul to'lagan.



