46 yoshli Ronaldinyo “so'nggi raqs” uchun maydonga qaytadi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2026, 17:35
Italiya futbol televideniesi ma'lumotlariga ko'ra, afsonaviy braziliyalik yana bir uchrashuvda ishtirok etish uchun faoliyatini qayta tiklamoqda.

Braziliya futboli afsonasi o'zi akciyadori bo'lgan C Seriyaning “Ravenna” klubi safida to'p tepadi.

Klub prezidenti Inyacio Chiprianining ma'lum qilishicha, Ronaldinyo faoliyatidagi so'nggi golini aynan ushbu klubda urish umidida bitta o'yinda maydonga tushadi. Uchrashuv shu dushanba, 24 avgust kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Ronaldinyo iyun oyida Mayamidagi tantanali taqdimot marosimida “Ravenna” bilan shartnoma imzolab, mashhur restoran va mehmonxonalar brendiga egalik qiluvchi tadbirkor Chipriani boshqarayotgan klubning minoritar xo'jayiniga aylangandi.

O'tgan mavsumda o'z guruhida uchinchi o'rinni egallagan “jallorossi” yangi mavsumni dushanba kuni “Rejana”ga qarshi safar o'yini bilan boshlaydi. Biroq Italiyadan kelayotgan xabarlarda afsonaviy futbolchining ushbu bahsda ishtirok etishi hozircha to'liq kafolatlanmagani va uning maydondagi aniq daqiqalari noma'lumligi qayd etilmoqda.

2002 yilgi Jahon chempionati g'olibi va 2005 yilgi “Oltin to'p” sohibi so'nggi bor 2015 yilda “Fluminense” safida professional darajada o'ynagan. Bu uning 2008-2011 yillardagi “Milan”dagi davridan keyin Italiyadagi ikkinchi sahifasi bo'ladi.

Takidlash joizki, 1913 yilda tashkil etilgan “Ravenna” klubi 12 000 o'rinli kamtarona “Bruno Benelli” stadionida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Italian Football TV