

Bu haqda Rim klubi kuni kecha o'zining rasmiy saytida xabar berdi. 19 yoshli xavbek Portugaliyaning "Portu" klubidan o'tdi va 86-raqamni tanladi.
Shu tariqa, Rim jamoasi futbolchilari tarixda kamida bir marta bo'lsa ham 1 dan 99 gacha bo'lgan barcha raqamlarni kiygan ilk klubga aylandi, deb xabar beradi "Footy Headlines".
Italiya futboli raqamlar bo'yicha qatiy qoidalar yo'qligi bilan tanilgan. Masalan, Ispaniya La Ligasida hamma narsa ancha qatiyroq - u yerda asosiy tarkib futbolchilariga 25-raqamdan yuqorisini ishlatishga ruxsat berilmaydi. "Roma"da esa Romelu Lukaku 90-raqamda, Stefan El-Shaaravi esa 92-raqamda harakat qilgani bilan ajralib turgan.




