“Real”da Rodrining transferiga kim qarshi chiqqani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2026, 13:15
"Qaymoqranglilar" tarkibida ispaniyalik yarim himoyachini hamma ham ko'rishni istamagan.

Avvalroq “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Madrid klubi Rodri bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqqanini tasdiqlagandi. Biroq yakunda yarim himoyachi yaqindagina uni rasman yangi o'yinchi sifatida tanishtirgan “Barselona”ni tanladi.

Shunday bo'lsa-da, jurnalist Kim Domenek “El Chiringuito de Jugones” efirida takidlashicha, Bernardu Silva “Manchester Siti”dagi sobiq jamoadoshining Madridga kelishiga qarshi bo'lgan.

2.jpg

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchilarning Angliyadagi birgalikdagi faoliyati davomida ular o'rtasidagi munosabatlar unchalik yaxshi bo'lmagan. Ayniqsa, ularning “shaharliklar” safidagi faoliyati yakuniga yaqin munosabatlar yanada taranglashgani aytilmoqda.

Aynan shu sababli hozirda “Real” sharafini himoya qilayotgan Silva Rodri bilan yana bir jamoada bo'lish istiqboliga unchalik ijobiy qaramagan.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi 2026 yilning 17 iyunida “Real” a'zosiga aylangandi. Yarim himoyachi madridliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan 2 yillik shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato