

30 yoshli ispaniyalik xavbek seshanba kuni 76 million evro evaziga “Barselona”ga transferini yakunladi.

“Rodri - yuqori darajadagi futbolchi. Har qanday klub yoki murabbiy shunday o'yinchi bilan ishlashni xohlaydi. Sababi - u chinakam top-darajadagi ijrochi.
Futbolchining boshqacha qaror qabul qilishi, boshqa yo'lni tanlashi - tabiiy hol. Bu o'zgarishlar pallasi. Rodri, Bernardu [Silva], Jon [Stounz], [Natan] Ake... Transfer oynasida nimalar bo'lishini kuzatamiz.
U yangi yo'lni boshlaganidan juda xursandman. Barcha muxlislar, klub - hamma Rodridan minnatdor. Shu bilan birga, bu ikki tomon uchun ham manfaatli hamkorlik bo'ldi deb o'ylayman.
Klub Rodridan minnatdor bo'ladi, Rodri ham klub va muxlislardan minnatdor bo'lishi kerak. Bu har ikki tomon uchun ham g'alaba!”, – dedi Mareska.



