

“TalkSport” nashri muxbiri Aleks Kruk ma'lumotlariga ko'ra, “Lids” va “Nottingem Forest” “Chelsi” hujumchisi uchun kurashga qo'shilgan. Shu bilan birga, “Everton” ham 23 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda.
London klubidagi manbalarning xabar berishicha, hujumchi uchun so'ralayotgan narx 50 mln funtni tashkil qiladi. Biroq qiziqish bildirayotgan klublar moliyaviy jihatdan qulayroq shartlarga umid qilmoqda va to'liq bitimni 40 mln funt evaziga yakunlash mumkin deb hisoblamoqda.
Takidlash joizki, angliyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum “Chelsi” safida APLda 28 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 28 mln evroni tashkil etadi, “Chelsi” bilan shartnomasi esa 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.



