

Change.org saytida Football Supporters Europe tashkiloti tomonidan joylashtirilgan peticiyada takidlanishicha, garchi Jahon chempionati huquqlarini sotish g'oyasidan voz kechishga muvaffaq bo'lingan bo'lsa-da, uning kelib chiqish sabablari hali ham bartaraf etilmagan va buni zudlik bilan o'zgartirish zarur.

“Bugun barcha qitalardagi yuz millionlab fanatlar manfaatini ifoda etuvchi muxlislar tashkilotlari hozirgi holat boshqa hech qachon takrorlanmasligi uchun Janni Infantinoning iste'fosi va FIFAni isloh qilishni talab qiluvchi umumjahon peticiyasini yo'lga qo'ymoqda.
Bir kishining ketishi o'z-o'zidan etkazilgan zararni qoplamaydi. FIFA Forward Enterprise FIFA boshqaruv tizimidagi bunday suiistemolliklarga yo'l ochib bergan tuzilmaviy kamchiliklarni yuzaga chiqardi. Endilikda ushbu kamchiliklarni islohotlar orqali bartaraf etish shart”, – deyiladi peticiyada.
Peticiyani butun dunyo bo'ylab 43 ta muxlislar tashkiloti imzoladi, biroq u har bir ishqiboz imzo qo'yishi uchun ochiq qolmoqda.



