“Barselona” sport direktori Deku: “Biz Rodrini shunchaki "Real"dan ilib ketish uchungina sotib olmadik”

Sherzod Nurmatov
20 avg 2026, 17:10
“Barselona” sport direktori Deku yarim himoyachi Rodrining “Manchester Siti”dan Kataloniya klubiga o'tishi borasida fikr bildirdi.
2.jpg

“Bizning har bir transferimiz o'z maqsadiga ega. Kimnidir tarkibga qo'shib olishdan oldin hammasini sinchkovlik bilan muhokama qildik.

Dastlab Rodri rejalarimizga kirmagandi, chunki uni olib kelishning imkoni yo'q deb hisoblardik. Imkoniyat paydo bo'lganini ko'rishimiz bilan undan foydalandik va muvaffaqiyatga erishdik - xuddi Gordon, Adeyemi, Bisivu hamda Kanselu bilan bo'lgan vaziyatlar kabi. Barcha xaridlarning bitta maqsadi bor - jamoani kuchaytirish.

Biz uni shunchaki “Real”dan ilib ketish uchungina sotib olmadik. Bu xato bo'lardi. U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Uning jamoaga foyda keltira olishiga ishonchimiz komil va shu sababli bu transfer mantiqqa ega”, – dedi Deku.

“Barselona” 18 avgust kuni Rodri transferini e'lon qilib, 30 yoshli futbolchi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Avvalroq Madrid klubi ham yarim himoyachiga qiziqish bildirgani va transfer bo'yicha taklif yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo