

Avvalroq Madrid klubi ham Rodriga qiziqish bildirgani va transfer bo'yicha taklif bergani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
"Ha, men u bilan bir-ikki marta gaplashdim. "Real" unga juda yaxshi taklif bilan chiqdi. Rodrida ikkilanishlar bor edi va uning ikkilanishlari menda ham shubha uyg'otdi. U ajoyib futbolchi va biz bilan juda professional munosabatda bo'ldi, yomon hech narsa deyolmayman. Ammo "Real" shunday darajadagi klubki, tarkibida o'tishdan oldin ikki marta o'ylab ko'radigan futbolchilar bo'lmasligi kerak", - deydi Mourinyo "El Chiringuito" efirida.
"Barselona" 18 avgust kuni 30 yoshli futbolchi bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolab, Rodrining o'tganini e'lon qilgan edi.



