Realning ikki futbolchisi kecha jarohat oldi va Barselonaga qarshi o'ynamasligi mumkin

Khoja
24 apr 2025
Kecha Real Madrid Xetafe mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Biroq bu g'alaba madridliklar uchun ancha qiyin bo'ldi.

Tanaffus vaqtida himoyachi David Alaba chap oyog'ida noqulaylik sezib, almashtirildi. Uning o'rnini Eduardo Kamavinga egalladi. Fransiyalik futbolchi deyarli o'yin oxirigacha o'ynadi, ammo qo'shib berilgan vaqt boshida u ham Luis Miglianing qo'polligi natijasida jarohat olib, maydonni tark etdi.

Har ikki futbolchi bugun tibbiy tekshiruvdan o'tadi va qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Real Madrid navbatdagi uchrashuvini Barselonaga qarshi Ispaniya kubogining finalida o'tkazadi. Uchrashuv 26 apreldan 27 aprelga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com