

Portugaliya raqiblik qilgan bellashuvda terma jamoamiz yirik 0:5 hisobida engildi. Shu tariqa vakillarimiz 11 yildan so'ng rasmiy bellashuvda darvozasidan bitta o'yinda 4 tadan ko'p gol o'tkazdi. “Oq bo'rilar” oxirgi marotaba 2011 yilgi Osiyo Kubogi yarim finalida Avstraliyaga 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
O'zbekiston guruhning uchinchi turida 28 iyun kuni Kongo DR bilan kuch sinashadi.



