"Real" skautlari JCH-2026 o'yinida 18 yoshli futbolchining harakatlarini kuzatishdi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2026, 17:31
"Real" Marokko terma jamoasi a'zosi Buaddining harakatlarini kuzatmoqda.

"Real" "Lill" va Marokko terma jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddiga qiziqish bildirmoqda. As jurnalisti Ruben Martinning xabar berishicha, madridliklar skautlari Jahon chempionati doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o'yin (1:0) chog'ida yarim himoyachini kuzatishgan. Buaddi o'yinni to'liq o'tkazgan, biroq samarali harakatlar bilan ajralib turmagan. Avvalroq, "Lill" 18 yoshli futbolchi uchun 70 million evro talab qilayotgani va unga "Arsenal" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. O'tgan mavsumda Buaddi Liga 1 doirasida "Lill" tarkibida 30 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta sariq kartochka olgan va bir marta maydondan chetlatilgan.

1781446967407.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/RubenMartinAS