

Madridliklar prezidenti Florentino Peres shu yozda hujum chizig'i uchun shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi. Klub tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta istiqbolli nomzodlarni o'rganib chiqdi va Dembele ustuvor variantlardan biri bo'lib turibdi. Hujumchini sotib olish rejasining bir qismi sifatida, yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin bo'lgan Braim Diasning sotilishi ko'rib chiqilmoqda.
Dembelening Parij klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq OAVda "qaymoqranglilar" Madridning "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish harakatlarini to'xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Yakunlangan mavsumda Dembele PSJ safida barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi ayni damda "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi hisoblanadi.



