JCH-2026 doirasida Braziliya darvozasini ishg'ol qilgan marokashlik Saybari Yevropaning TOP klubi bilan muzokara olib bormoqda - Romano

14 iyun 2026, 09:28
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Saybari "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi. Futbolchi Jahon chempionati - 2026 guruh bosqichining 1-turida Braziliya terma jamoasi darvozasiga gol urgan edi (1:1). Ushbu uchrashuv AQSHning Ist-Raterford shahridagi "Metlayf" stadionida bo'lib o'tdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Myunxen klubi ingliz futbolchisi Entoni Gordon bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanib, u "Barselona"ga o'tib ketganidan so'ng, Saybari variantiga kirishgan. Ma'lum qilinishicha, PSV klubi Saybarini juda yuqori baholamoqda, "Bavariya" esa Niderlandiya klubidan transfer narxi bo'yicha yakuniy javobni kutmoqda.

Jurnalistning qo'shimcha qilishicha, Saybarining o'zi ham "Bavariya" safiga qo'shilishni istamoqda. Futbolchilarning transfer qiymatiga ixtisoslashgan mashhur Transfermarkt portali 25 yoshli o'yinchini 40 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano