

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. G'alaba qozonishni istagandik, ammo futbol shunaqa. Shotlandiyaga qarshi uchrashuvga shay bo'lish uchun bugun bizga nima etmagani ustida ishlashda davom etamiz. O'yindan keyin futbolchilar bilan gaplashdim va ularning hafsalasi pir bo'lganini sezdim, chunki ular faqat g'alabani xohlashgandi", - dedi murabbiy uchrashuvdan so'ng.
"Ikkinchi bo'limda temp pasaydi, bu tabiiy hol, ayniqsa, issiq havo tufayli. Keyingi o'yinda uch ochko olishga umid qilamiz, Xudo xohlasa. Ayniqsa, shotlandlar Braziliyadan butkul farqli uslubda o'ynashadi. Biz hozirdanoq ishga kirishdik", - deya Uabining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Globo nashri.



