

Bu haqda jurnalist Daniele Longo o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi hamkorlikni uzaytirish bo'yicha "rossoneri" rahbariyati bilan hech qanday uchrashuv o'tkazmaydi, klubning ayni damdagi loyihasi yarim himoyachida katta taassurot qoldirmagan.
Modrich 2025 yilning yozida erkin agent maqomida "Milan"ga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda u "Milan" tarkibida 37 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "rossoneri" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy bahosi 4 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi faoliyati davomida "Real", "Tottenxem", Zagrebning "Dinamo", "Inter Zapreshich" va "XSK Zrinski Mostar" klublarida to'p surgan.



