Ruben Amorim TOP klubni boshqarishga rozi bo'ldi - Skira

14 iyun 2026, 10:31
"Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim "Milan" ustoziga aylanishga tayyor.

Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manba bergan xabarga ko'ra, tomonlar 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasini muhokama qilishmoqda. Ushbu kontraktga asosan, portugaliyalik mutaxassis mavsumiga 4 million evro maosh oladi. Murabbiy "rossoneri"ni boshqarishga rozilik bergan va klub rahbariyatining yakuniy qarorini kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ruben Amorim 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvariga qadar "Manchester Yunayted"ni boshqargan edi. Shuningdek, mutaxassis faoliyati davomida Lissabonning "Sporting", "Braga" va boshqa jamoalarda ham ishlagan.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, milanliklar A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallashgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com