Mourinyu "Benfika"dagilarga rahmat aytdi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 16:47
Murabbiy ijtimoiy tarmoqlarda "Benfika" bilan xayrlashib, xabar joylashtirdi.

Avvalroq Portugaliya klubi 63 yoshli murabbiyning bosh murabbiylikdan ketganini e'lon qilgandi. U "Real"ga qaytadi, madridliklar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun "Benfika"ga 15 million evro to'lagan.

"Menga "Benfika"da ishlash imkoniyatini bergani uchun prezident Ruy Koshtaga minnatdorlik bildiraman. Ushbu klub shanini himoya qilish men uchun sharaf va imtiyoz bo'ldi.

Shuningdek, men "Benfika"ning barcha xodimlariga namunali professionalligi, fidoyiligi va malakasi uchun rahmat aytaman. Birga ishlagan barcha futbolchilardan chin dildan minnatdorman. Ularga eng katta shaxsiy va professional muvaffaqiyatlar tilayman.

Ishonchim komilki, qisqa vaqt ichida mustahkam rishtalarni yaratdik: bir marta men bilan faoliyat yuritgan futbolchi - abadiy mening o'yinchim", – dedi Mourinyu.

Portugaliyalik murabbiy 2025 yilning sentyabridan beri "Benfika"ni boshqarib kelmoqda. Uning boshchiligidagi jamoa Portugaliya chempionatini mag'lubiyatsiz o'tkazdi va turnir jadvalida uchinchi o'rinni egalladi.

Mourinyu "Real"ni 2010 yildan 2013-yilgacha boshqargan. U jamoa bilan Ispaniya La Ligasi, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com