Bilarmidingiz? Marokashning 18 yoshli yarim himoyachisi JCHga bir necha hafta qolganda fuqaroligini o'zgartirdi

14 iyun 2026, 08:28
Ayyub Buaddi Fransiyada tug'ilgan va ayni vaqtda "Lill" futbolchisi hisoblanadi.

Ayyub Buaddi Fransiyaning deyarli barcha yosh terma jamoalarida to'p surgan yarim himoyachi, biroq JCHga bir necha hafta qolganida yakunda u Afrika jamoasini tanladi va mundialda debyut qildi. Natija esa - Anchelotti shogirdlariga qarshi bahsda eng ko'p aniq uzatma bergan va eng ko'p yakkakurashlarda yutgan futbolchi bo'ldi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Arsenal", PSJ va "Bavariya" ushbu talantni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Klub uni 70 million evroga baholamoqda.

gettyimages-2280783483-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com