"Real" prezidentlik saylovi sanasi belgilandi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 11:55
"Qirollik klubi" prezidenti saylovi 7 iyunda bo'lib o'tadi.

Avvalroq "Real"ning amaldagi prezidenti Florentino Peres ketma-ket ikkinchi marta chempionliksiz mavsumdan so'ng bu lavozim uchun muddatidan oldin saylov o'tkazilishini e'lon qilgandi.

Peres 2025 yilning yanvar oyida to'rt yilga "Real" prezidenti etib qayta saylangan. 2009 yildan beri klubda saylovlar ortiqcha da'vogarlarsiz o'tkazib kelinadi.

Bu gal Peresning saylovdagi raqibi biznesmen Enrike Rikelme bo'ladi.

79 yoshli Peres 2000 yildan 2006 yilgacha "Real" prezidenti bo'lib ishlagan va 2009 yilda qayta saylangan. Uning rahbarligida klub 7 marta Ispaniya chempionatida, 3 marta Ispaniya Kubogida va 7 marta Ispaniya Superkubogida, shuningdek, 7 marta Chempionlar Ligasida, 6 marta UEFA Superkubogida, 5 marta Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida va 2 bor Qitalararo Kubogida g'olib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com