

Turli ma'lumotlarga ko'ra, 31 may kuni bo'lib o'tadigan paradda 500 000 dan 1 milliongacha odam ishtirok etadi.
Shuni takidlash kerakki, o'tgan seshanba kuni Mikel Arteta jamoasi Angliya chempioniga aylanganidan so'ng "Emireyts" stadioni tashqarisida 100 000 ga yaqin odam to'plangan.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" 22 yil ichida ilk bor Angliya chempionligini qo'lga kiritdi va oltin medalni "Emireyts" stadioniga qaytardi.
"To'pchilar" Premer-ligada oxirgi bor 2003/04 yilgi mavsumda g'alaba qozongan, o'shanda Arsen Vengerning afsonaviy jamoasi chempionatni mag'lubiyatsiz tugatgan edi.
Chempionat paradidan bir kun oldin, 30 may kuni Artetaning "Arsenal" jamoasi Chempionlar Ligasi finalida PSJ bilan o'ynaydi.



