Gana yulduzi Qudus JCHga bormaydigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 13:00
"Tottenxem" va Gana terma jamoasi vingeri Muhammad Kudus jarohati tufayli Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Gana terma jamoasi uning JCH-2026’da qatnashmasligini tasdiqladi.

25 yoshli futbolchi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. U 4 yanvar kuni APL 20-turi doirasidagi “Sanderlend"ga qarshi o'yinda (1:1) sonining to'rt boshli mushagi payini jiddiy shikastlab olgan. Jarohat esa aprel oyida yana qaytalagandi.

Gana Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya, Xorvatiya va Panama bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC