Vardi "Kremoneze"ni erkin agent sifatida tark etadi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 11:31
"Lester" APLdan tushib ketganidan so'ng Jeymi Vardi kutilmaganda Italiyaning "Kremoneze" jamoasiga qo'shilgandi, ammo bu hikoya uzoq davom etmadi.

A Seriya yangi qatnashchisi birinchi mavsumidayoq oliy diviziondan tushib ketdi va afsonaviy hujumchi quyi ligada o'ynashni istamadi. Ma'lum qilinishicha, Vardining "Kremoneze" bilan hamkorligi tugadi.

Endi 39 yoshli hujumchi o'ziga yangi jamoa qidiradi. U "Kremoneze" safida A Seriyaning 29 o'yinida 7 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC