

Futbolchining agenti Jorje Mendesh o'z mijozining xizmatlarini "qirollik klubi"ga taklif qildi. Bu haqda The Touchline nashri ijtimoiy tarmoqda xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Mendesh "Real" vakillari bilan bog'lanib, ularga 21 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini taklif etgan. Agentning ishonchi komilki, Nevesh "Real" yarim himoyasini kuchaytirish uchun ideal qo'shimcha bo'la oladi. Biroq Madrid klubi hozircha Neveshni sotib olish bo'yicha muzokaralarga kirishishga tayyor emas, chunki ularning asosiy e'tibori "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini qo'lga kiritishga qaratilgan.
Joriy mavsumda Joau Nevesh "PSJ" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 110 mln evroni tashkil etadi.



