"Real" Bundesliga yulduzini nishonga oldi, ammo…

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 17:30
“Leyptsig” yetakchisi Yan Diomande atrofida yirik transfer kurashi avj olmoqda.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishich, Madridning “Real” klubi “Leyptsig” vingerini safiga qo'shib olmoqchi. Biroq nemis klubining qatiy poziciyasi sababli muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi: “buqalar” qimmatbaho futbolchisi uchun 120 million evro talab qilmoqda va bundan kam bo'lgan takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Hozirgi bosqichda da'vogarlardan hech biri Diomande uchun 100 mln evrodan ortiq to'lashga tayyor emas.

Qayd etilishicha, “Leyptsig” ivuarlik futbolchiga maoshi sezilarli darajada oshirilgan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu qadam klub rahbariyati va futbolchi o'rtasida uning kelajagi borasida haqiqiy nizoni keltirib chiqarishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Diomandening o'zi klubdan ketishga qarshi emas va Jahon chempionati davom etayotgan bir paytda boshqa jamoaga o'tishga umid qilmoqda. Bu esa vingerning “Leyptsig”da qolish va yangi shartnoma imzolashga tayyor bo'lgani haqidagi avvalgi xabarlarga ziddir.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur