Senegal futbol federatsiyasi JCH-2026 vaqtida futbolchilar uchun tibbiy sug'urta rasmiylashtirmagan

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 15:10
Senegal futbol federatsiyasi JCH-2026 davomida o'z futbolchilari uchun tibbiy sug'urta rasmiylashtirishni unutgan.

Bu haqda “Sports News Africa” xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, milliy terma jamoa darvozaboni Eduar Mendi guruh bosqichi doirasida Norvegiyaga qarshi (2:3) kechgan bahsda tizzasidan jarohat olgach, ushbu vaziyatdan xabar topgan. Jarohatning aniq darajasini aniqlash uchun darvozabon MRT tekshiruvidan o'tishiga to'g'ri kelgan. Biroq tibbiy sug'urta yo'qligi sababli Mendi ushbu muolaja pulini o'z cho'ntagidan to'lagan.

2.jpg

Bundan tashqari, Senegal terma jamoasi bosh shifokori Abdurahmon Fediorning futbolchilar bilan ishlash uchun etarli tibbiy tayyorgarlikka ega bo'lmagani ham oshkor bo'ldi.

Senegal terma jamoasi mundialda 1/16 finalgacha yetib borib, unda Belgiyaga imkoniyatni boy berdi (2:3). E'tiborlisi, senegalliklar turnirdagi to'rtta o'yindan uchtasida mag'lub bo'lishdi va pley-offga faqatgina Iroq ustidan qozonilgan yagona g'alaba (5:0) evaziga yo'l olishgan edi.

Turnir yakuniga etgach, Senegal futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiavni iste'foga chiqarish haqida qaror qabul qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports News Africa